Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Raqamli ta’limni rivojlantirish xususida

21-yanvar 2023-yil
image

Qoraqalpogiston Respublikasidagi umumtalim muassasalarida talimni raqamlashtirish boyicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hozirgi kunda, tasarrufimizdagi jami 721 ta maktablar Internet tarmogiga ulangan bolib, barcha maktablarimizda, ushbu global tarmoq orqali ishlaydiganElektron kundalikavtomatlashtirilgan axborot tizimi, YaET-ERP boshqaruv tizimi va E-Huquqshunos elektron xujjat almashinuv tizimlari joriy etilgan va talimni raqamlashtirish shobalari xodimlari tomonidan qayd etilgan tizimlarning ishchi holati taminlab kelinmoqda va ularning kundalik ishlari vazirlikning talimni raqamlashtirish bolimi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.

2022-yil davomida, dastlab, Koreyaning Eksimbanki grantlari asosida 75 ta maktablarimizga 1 236 ta, keyinchalik esa, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil                 29-noyabrdagi 716-qarori asosida jami 141 ta maktablarimizga 1 901 ta zamonaviy kompyuterlar etkazib berildi. Hozirgi kunda, ushbu kompyuterlar informatika sinf xonalariga ornatilgan bolib, lokal tarmoq orqali Internet tarmogiga ulangan va kerakli kontentlar ornatilgan holda foydalanishga qabul qilindi. Maktablarimizdagi  eskirgan kompyuterlarni 2023 va 2024 yillar davomida zamonaviysiga almashtirish boyicha rejaviy ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda, maktablarimizda, Maktabgacha va maktab talimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Smartland talim platformasi hamda kitob.uz, edukids, maktab.uz, educare.uzedu.uz, idea.uzedu.uz, VR-360 sayoxat va artshop.uzedu.uz kabi maxsus internet resurslari joriy qilingan bolib, bulardan foydalanish boyicha oqituvchi va oquvchilarga keng targibot ishlari olib  borilmoqda.    

Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 31-maydagi 178-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi 162 ta umumtaʼlim maktablariga “O‘zbeko‘quvavtomatika” MCHJ filiali tomonidan 4 va 7 talik Wi-Fi routerlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot tomonidan maktablarimizga mikrotik qurilmalari o‘rnatish ishlari ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Wi-Fi routerlari asosan tegishli maktablarning STEAM sinf xonalari(kimyo, biologiya, fizika, matematika, chet tillari va texnologiya)ga yaqin bo‘lgan koridor shiftiga, belgilangan tartib bo‘yicha o‘rnatilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Raqamlashtirish Boshqarmasi boshchiligida ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan barcha ishlar ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, endigi maqsadimiz, maktablardagi STEAM sinflarining kerakli AKT qurilmalari bilan jihozlanganlik darajasini oshirishga va shu orqali dars jarayonlarida milliy elektron platformalardan va kontentlardan keng foydalangan holda o‘quvchilarimiz uchun darslarning yanada qiziqarli o‘tishiga erishishdir. 

kor_kxtv@xtv.uz
@QRmshmb
@kkeduuz
/qrmshbm