Yangiliklar
MEMORANDUM IMZOLANDI
26-iyul 2024-yilBarchamizga ma’lumki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi a’zolari Buyuk Britaniya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Mana bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi marta, ta’lim sohasida katta innovatsion yangilik, umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalqaro hamkorlik dasturini joriy etish bo‘yicha ikki tomonlama memorandum imzolandi.
Bunda maqsad Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida (Progress) xalqaro tan olingan Kembrij o‘quv dasturi asosida o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yishdir.
Delegatsiya a’zolari tashrifi davomida Kembrij o‘quv dasturida o‘qitilayotgan maktablar bilan yaqindan tanishadi.
Vazirlikning Axborot xizmati