Yangiliklar
Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchi xalqaro musobaqada ishtirok etdi
18-iyul 2024-yil
Italiyaning Terama shahrida sportning "Gandvol" turi bo‘yicha "51th Interamnia World Cup" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Besh qit’aning 100 ga yaqin jamoasi o‘rtasida g‘alaba uchun qizg‘in kurash olib borildi.
Musobaqa yakunida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-18 birinchiligida qatnashib, jahon kubogining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Faxrli joyi shundaki, ushbu terma jamoa a’zolari qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri 34-sonli maktabi o‘quvchisi Sardar Orinbaev ham bor.
Sardorning ushbu yutug‘i bilan ota-onasi, ustozi Maqsad Saparovni tabriklaymiz.