Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

РАСМИЙ МУНОСАБАТ

14-iyun 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda EFFECT.UZ kanali tomonidan “Pul odamdan ustun emas! O‘zbekistonda bolalar va bog‘chalar taqdiri mavhum bo‘lib qolmoqda” sarlavhasi ostida Amudaryo tumani O‘rta qala OFYda yashovchi S.Q tomonidan video murojaat joriy qilingan.

Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirlgi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Amudaryo tumani O‘rta qal’a OFY Kitob 2 ko‘chasi 27-uyda yakka tartibdagi tadbirkor S.Q. tomonidan “Barchinoy” nomli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 202- yil 26 avgustda  18347/O-01 sonli bitimga asosan o‘z ish faoliyatini boshlagan. Mazkur Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quvvati 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib bugungi kunda 44 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim tarbiya olib kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustda Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi     426-son qaror qabul qilingan. Mazkur qarorning 2-ilovasi,  2, 3-boblariga ko‘ra DXSh va Oilaviy MTTga subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tartibi belgilangan.

Mazkur qarorga asosan https://nodavlat-bogcha.uz elektron platformasi ishlab chiqilgan va 2022-yil sentyabr  oyidan amaliyotga tadbiq qilingan.

 Yakka tartibdagi tadbirkor S.Q qarashli “Barchinoy” nomli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti https://nodavlat-bogcha.uz elektron platformasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilib 11 nafar tarbiyalanuvchining fotosurati o‘rniga MTTBATga boshqa tarbiyalanuvchining fotosurati kiritilganligi aniqlanib  yakka tartibdagi tadbirkor S.Q nisbatan 2024-yil 29 yanvar sanasida 01467 sonli Dalolatnoma rasmilashtirilgan va 2024-yil yanvar oyidan 2024-yil mart oylari uchun subsidiya to‘lovlari hisoblanmasligi aytib o‘tilgan.

Shunga qadar yakka tartibdagi tadbirkor S.Q ga hisoblangan subsidiya mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lab berib borilgan.

01467 sonli DALOLATNOMAga asosan aprel oyidan yakka tartibdagi tadbirkor  S.Q ga har-bir bolani tizim orqali davomatdan o‘tkazganligi uchun subsidiya mablag‘lari hisoblana boshlaganini ma’lum qilamiz.

kor_kxtv@xtv.uz
@QRmshmb
@kkeduuz
/qrmshbm