Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Rasmiy munosabat

5-fevral 2024-yil
image

Taxiatosh tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi  
PQ-118-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Taxiatosh tumanidagi ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarini ko‘mirga moslashtirilgan qozonxonalarga modernizatsiya qilish ishlari 2023-yil davlat-xususiy sherigi hisoblangan “Universal Energo Fayz Stroy” MChJ tomonidan   maktabgacha va maktab ta'lim hamda sog‘liqni saqlash obyektlaridagi isitish tizimlarini ko‘mirga moslashtirilgan isitish qozonlarini qurish ishlari olib borildi.  
“Universal Energo Fayz Stroy” MChJ tomonidan har bir ijtimoiy soha obyektlariga qozonxonalar sonidan kelib chiqib o‘tyoqarlar (ishchilar) biriktirildi. Tumanimizda ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mirga o‘tkazishning daslabki yili ekanligi va davlat xususiy-sherigi hisoblangan “Universal Energo Fayz Stroy” MChJ rahbari tomonidan ko‘mirga moslashtirilgan qozonxonalarga biriktirilgan ishchilarda yetarlicha tajribaga ega emasligi va rahbarning ham o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshishi natijasida ijtimoiy soha obyektlarning ayrimlarida ichki harorat past ekanligi kuzatilmoqda.
Ushbu sodir qilinayotgan kamchiliklar bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasiga ma'lumot kiritilgan.
Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan davlat-xususiy sherigi hisoblangan “Universal Energo Fayz Stroy” MChJning Taxiatosh tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan ishlari yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tuman hokimligida tashkil qilingan 2023-2024-yil  kuz-qish  shtabiga tumandagi ijtimoiy soha obyektlaridan ko‘mir tanqisligi yoki harorat pastligi bo‘yicha murojaat kelib tushmagan.

 

kor_kxtv@xtv.uz
@QRmshmb
@kkeduuz
/qrmshbm