Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

«KORRUPSIYA YOMON ILLAT» MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

7-mart 2024-yil
image

Bugun Qoraqalpoǵiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida  «Korrupsiya yomon illat» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘limi mutaxassisi E.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev va barcha ishlovchi xodimlar ishtirok etdi.
 

 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘limi mutaxassisi E.Xudaybergenov so‘zga chiqib, u bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasidagi masala ekanligini, har bir sohada bunday jinoyatlarning sodir qilinayotganligini aytib o‘tdi.
 

Shuningdek, ta’lim sohasida ishlovchi lavozimli shaxslar va xodimlar tomonidan pora olish, pora berish va davlat byudjeti mablaǵlarining talon-taroj etish holatlari aniqlanganligi va bugungi kunda jinoyi javobgarlik masalari ko‘rilib, javobgarlikka tortilganligi, jinoyat jazosiz qolmasligi to‘g’risida to’xtalib o’tdi

Ochiq muloqat davomida 2024-yilda Korrupsiyaning oldini olishda 16 ta ichki lokal hujjatlar bilan tanishtirilib, ularning mazmun mohiyati tushintirildi.
 

Shuning bilan bir qatorda har bir insonning ma’naviy dunyosi "Halollik vaksina"si bilan har bir insonning ma’naviy dunyosiga singdirilsa gina korrupsiyaviy jinoyatlarning oldi olingan bo‘ladi.

Tadbir so’ngida aniqlangan korrupsiyaviy jinoyatlar tahlil qilinib, ishtirokchilar tomonidan  bunday holatlarni yo’q etish bo‘yicha taklif va fikirlar tinglandi.

kor_kxtv@xtv.uz
@QRmshmb
@kkeduuz
/qrmshbm