Yangiliklar
Vazir o‘rinbosari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan tanishdi
4-yanvar 2024-yilQoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Muxabbat Shlımbetova Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati hamda toʻgarak mashgʻulotlari jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab vazir o‘rinbosari toʻgarak a’zolari, toʻgarak rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Toʻgarak a’zolari bilan suhbat davomida Davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, kelajak avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor va rag‘bat, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi g‘amxo‘rliklar xususida gapirdi. Shuningdek, toʻgaraklarga oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, ta'lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish bo'yicha ham o'z tavsiyalarini berib o'tdi.
Soʻng, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori bilan fikr almashib, ishlarni yanada tizimli yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berdi va bergan tavsiyalar asosida ishlarni tizimli tashkil etish belgilab olindi.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 18 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi bo‘lib, shundan 1ta respublika, 17 ta tuman va shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi faolyat olib barmoqta. Hozirgi kunda ushbu maktablardagi jami 863 ta to‘garakga 24966 nafar o‘quvchi jalb qilingan. Ularga 898 pedagog kadrlar ta’lim-tarbiya va kasb-hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda.