Yangiliklar
2023-yil 6-dekabr kuni “@Turtkul24news” telegram kanalida “Sizlar nima ish qilsangiz ham qonunga to‘g‘ri kelaveradiya” sarlavhasi ostida e’lon qilingan post bo‘yicha Rasmiy munosabat
13-dekabr 2023-yil“Turtkul24news” kanalida e’lon qilingan videodagi holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganish ishlarini olib bordi. Jumladan, videoda joriy yilning 10-avgustida To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2021-2022-o‘quv yili yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil 20-martdagi 14, 25, 15-qq, 08-05-04-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-aprelda 2577-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 8-maydagi 119-sonli buyrug‘i “2021-2022-o‘quv yili yakuni bo‘yicha umumta’lim maktablari kutubxona fondini xatlovdan o‘tkazish, ishlatish muddati tugagan va foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklarni utilizatsiya qilish to‘g‘risida”gi buyruqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida kutubxona jamg‘armalari hisobidan chiqarilishi lozim bo‘lgan va yaroqsiz holga kelgan darsliklarining utilizatsiya qilish jarayoni aks etgan. Bu kitob va metodik qo‘llanmalarning holati yangi bo‘lishiga qaramasdan ishlatish muddati tugagan. Maktab darsliklarining nashri 3 yildan 5 yilgacha almashishi belgilangan. Bundan tashqari 1-4-sinf Boshlang‘ich ta’lim darsliklari 2023-yilda yangidan nashr qilindi hamda amaldagi yaxshi holatdagi darsliklar, jumladan 2022-yil yangi nashr qilingan 2-sinf darsligining nashri bekor qilingan. 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021-2022-o‘quv yili yakuni bo‘yicha zaxirada qoldirilgan darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalarni “O‘quv ta’lim ta’minot” DUKga topshirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 11-maydagi 65-sonli buyrug‘i asosida hamda To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 2023-yil 18-maydagi 505-13-190-XT/2023-sonli buyruqlari asosida qonuniy tarzda amalga oshirilgan. Utilizatsiyada maktab xodimlari jarayonga o‘zlarining beminnat xohishi bilan qatnashganliklarini bildirgan.
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganilganda maktabda 29 yildan buyon Maktab kutubxona mudirasi lavozimida ishlab kelayotgan Djumayeva G. yuritilishi lozim bo‘lgan kirim-chiqim qilish hamda aylanma kitoblarni qayd qilish kabi asosiy hujjatlarni umuman yuritmaganligi aniqlandi. Bu holat bo‘yicha Djumayeva G. dan tushuntirish xati olinib, intizomiy chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Maktabda tashkil etilgan kitob yarmarkasi ma’naviyatchi tomonidan tashkil etilmagan. Kitob savdo-yarmarkasi 2023-yil sentabr-oktabr oylarida To‘rtko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarda tashkil etilgan kitob yarmarkasi Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi hamda “Kitob markazi – kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari hamkorligida 2021-2025-yillar uchun tuzilgan ish-rejasi asosida “Eng kitobxon mahalla” loyihasi doirasida ixtiyoriy, erkin savdo asosida maktablarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining bevosita nazorati va ma’sulligi asosida o‘tkazilgan.
2023-yil 5-dekabr kuni tumandagi barcha maktablarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 224-bandida belgilangan vazifalar ya’ni hududlarda kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullari joriy qilish kabi ishlar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yozuvchilar uyushmasining tasdiqlangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi asosida maktab ma’naviyatchilarining bevosita nazorati va ma’sulligi asosida “Kitobsevar millat” shiori ostida ixtiyoriy savdo asosida o‘tkazilgan. Kitob yarmarkalarida maktab kutubxonasi jamg‘armasidagi badiiy kitoblar yoki darsliklar sotilmagan.