Yangiliklar
Qoraqalpog‘istonda bilimni baholashning yangi tartibi to‘g‘risida amaliy seminar tashkil etildi
21-dekabr 2023-yilMaktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasida baholash tizimi joriy etilgan 34 ta umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va metod birlashma mas’ullari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘tkazilgan o‘quv amaliy seminarda Respublika ishchi guruhi tomonidan mazkur tanlab olingan tajriba sinov maktablarida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirildi va amaliy ishlar ko‘rsatib berildi hamda yangi baholash tizimi va E-maktab.uz platformasi bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.
Amaliy tadbirda markazdan kelgan mutaxassislar bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzuga atoflicha tushunchalar berishdi.
Seminarda qatnashgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev tadbir ishiga muvaffaqiyatlar tiladi va summativ va formativ baholash tizimining qulayliklari haqida yig‘ilganlarga tushunchalar berdi.