Yangiliklar
Nukus shahrida oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha trening boʻlib oʻtmoqda
4-dekabr 2023-yilBugun, 4-dekabr Nukus shahrida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida “Mercy Corps” [MERSIKO] xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda Xoʻjayli, Taxiatosh, Nukus, Chimboy, Qoraoʻzak, Kegeyli tumanlaridagi maqsadli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan jami 90 nafar xodim – direktor, xoʻjalik mudiri va oshpazlari uchun “Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida oziq-ovqat xavfsizligining tamoyillarini o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzudagi 16 soatlik malaka oshirish treningiga start berildi.
Mazkur treningda oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz tayyorlash va saqlash tushunchalari, MTTda xo‘jalik bo‘lim boshlig‘i, bosh oshpaz va oshpazlarning majburiyatlari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to‘yimli, xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, DMTT oshxonalariga qo‘yilajak gigiyenik talablar, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va saqlash hamda ovqat tayyorlash uchun sanitairya-gigienik talablar, dezinfeksiyalash vositalarini saqlash qoidalari, DMTTlarga “Mercy Corps” [MERSIKO] xalqaro NNT taqdim etgan oshxona jihozlari va suvni filtrlash tizilmalridan foydalanish qoidalari kabi bir qator mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beriladi.
“Bolalar ta’limi uchun MakGovern-Doul” xalqaro oziq-ovqat dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha MTT pedagoglari, tibbiyot hamshiralari, oshpazlarni malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik yoki mentorlikni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.