Yangiliklar
Respublika ishchi guruh vakillari Nukus shahridagi ta'lim tashkilotlarida bo‘ldi
28-sentabr 2023-yilXabaringiz bor, Prezidentimizning 2022-yil 12-iyuldagi 316-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi respublikamizda bo’lib turipti.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, SamDVMCHBU Nukus filiali va 1-2-sonli kasb-hunar maktablarida bo‘ldi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash va bu orqali o‘quvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik tuyg‘usini singdirish orqali yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish hamda yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarning yo‘l harakati qoidalarga oid olgan bilimlarini amalda tatbiq etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.