Yangiliklar
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda
27-sentabr 2023-yilXabaringiz bor, Уurtboshimizning 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 316-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi "Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 212-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi respublikamiz tumanlarida bo’lib turipti.
Ishchi guruh tarkibida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari tumanlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarda bo’lmoqdalar.
Bugun ishchi guruh vakillari Chimboy va Kegeyli tumanlaridagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan yo‘l harakati xavfsizligi xonalari va maydonchalari bilan tanishib, o‘quvchilarning turli yo‘l transport hodisalariga uchrashlarini oldini olish uchun ushbu maydonlardan oqilona foydalanishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida barcha umumta'lim maktablarida “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi tashkil etilib, faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu orqali o‘quvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik tuyg‘usini singdirish orqali yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish hamda yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarning yo‘l harakati qoidalarga oid olgan bilimlarini amalda tatbiq etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Nukus shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabida va Kegeyli tumanidagi 14-sonli umumta'lim maktabida seminar tashkil etildi. Seminarda bolalarning yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, o‘quvchi-yoshlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, hududlardagi umumta’lim maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalarida qaror ijrosini ta’minlash, bolalar va yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarii bo‘yicha amaliy va nazariy tushunchalar berish borasida bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahliliy o‘rganilib, zarur bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.
O‘rganish ishlari boshqa tumanlarda ham davom ettiriladi.