Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Amaliy fanlarda STEAM yondashuv va ta’limda yangicha metodikalar” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi

26-sentabr 2023-yil
image

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri 2-sonli аyrim fanlar chuqurlashtirib o’qitiladigan sinfi mavjud umumta’lim maktabida Amaliy fanlarda STEAM yondashuv va ta’limda yangicha metodikalar mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.

Seminarda QR Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri A. K. Narimbetov, O’zR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori Sh.Sh. Sattorov, QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori K.A.Jubanov, Janubiy Koreya Daegu shahri Ta’lim boshqarmasi bo’lim boshlig’i Kim Nae RI va bir qator o’qituvchi va metodistlar ishtirok etdi.

Seminarda tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya fani, musiqa madaniyati fani shobalari bo’yicha o’qituvchi va metodistlar tomonidan Amaliy fanlarda STEAM yondashuvi, fanlarni o’qitishda kreativlikni rivojlantirish, yangi baholash tizimi, o’qitishning noan’anaviy usullari kabi mavzularida darslar o’tildi. Shuningdek, plenerda tasviriy san’at va texnologiya fani o’qituvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar asosida „Vatanim madhi“ mavzusidagi ko’rgazmasi tashkil etildi.

 

kor_kxtv@xtv.uz
@QRmshmb
@kkeduuz
/qrmshbm