Yangiliklar
Bolalаrning mavsumiy sog'lom ovqatlanishi bo'yicha seminar-trening tashkil etildi
24-iyul 2023-yilMaktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanishni ta'minlash, bolalarning o'sishi, aqliy rivojlanishida muhim bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari har kunlik menyuda bo'lishi bolaning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Beruniy tumanida Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi sektor rahbari Nurjamol Qurbanova tomonidan, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog’lom ovqatlanishini tashkil etishda yagona mavsumiy taomnomalarni amalda qo’llash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, hamshira, xo’jalik ishlari mudiri va oshpaz xodimlari ishtirok etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi bilan birgalikda 2023-yil 7-iyulda ishlab chiqilgan 3-sonli qo’shma qarori to’g’risida to’liq tushunchalar berildi. Yagona mavsumiy taomnomaning qulayligi, afzallik tomonlari, tuzish tartibi, oziq-ovqat maxsulotlarini qabul qilib olish, saqlashga oid talablar, taomlarning tayyorlanishi, namunalarning olinishi va ularni saqlash tartibi to’grisida ko’plab ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.