Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” tashkiloti Brend va strategik tashabbuslarning ijrochi direktori Lamiya Favvaz bilan uchrashdi.
3-mart 2023-yilUchrashuv doirasida tomonlar:
“Zayed Barqaror rivojlanish sovrini” dasturi doirasida 600 ming AQSH dollari sovrin jamg‘armasiga ega, maktab o‘quvchilari tomonidan yashil energetika sohasida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish tanlovida vazirlik tizimidagi maktablar ishtirokini ta’minlash,
istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
❗️Shuningdek, BAA mehmonlari tomonidan vazir Hilola Umarova joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan BMTning COP28 konferensiyasiga taklif etildi.